Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroil Eronga har qanday hujum uchun javob bilan tahdid qilmoqda
12:21 / 2024-08-14

Isroil armiyasi radiosida berilgan xabarga ko‘ra, ushbu mamlakat har qanday bevosita hujumga javoban Eron hududiga zarba berishini bildirgan.

Tel-Aviv bu haqda AQSH va qator Yevropa davlatlarini ham xabardor qilgan.

Qayd etilishicha, bunday harakat Eron hujumi natijasida Isroil tomonidan qurbon berilmagan taqdirda ham amalga oshiriladi.

Isroil Eron tomonidan joriy yil aprel oyida yuzlab uchuvchisiz uchoq va raketa uchirilganidan ko‘ra kengroq ko‘lamda hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deyilgan kecha tarqatilgan mahalliy KAN jamoat telekanali axborotida.

31 iyul kuni Falastinning XAMAS harakati Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xaniya Tehronda suiqasd natijasida halok bo‘ldi. Eron va XAMAS qotillikni uyushtirishda Isroilni aybladi. Eron XAMAS yetakchisi o‘ldirilishiga javob berilishini aytdi.