Isroil Eron hududiga zarba bergani aytilmoqda
Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Israel Kats ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Reuters“ nashri.
“Fars” axborot agentligi xabariga ko‘ra, Tehronda uchta portlash sodir bo‘lgan.
Katsning fikricha, yaqin vaqt ichida Isroilga Eron tomonidan raketalar va dronlar hujumi bo‘lishi mumkin.

Ayni paytda Isroil bo‘ylab maktablar yopildi, aholiga uydan turib ishlash tavsiya etildi, shuningdek, mamlakatda ommaviy yig‘ilishlar ham taqiqlandi.

Hozircha Eron rasmiylari Isroilning Tehronga uyushtirilgan zarbalariga munosabat bildirmadi.
O‘.Alimov, O‘zA