Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroil – Eron: endi nima bo‘ladi? (+video)
18:41 / 2024-10-09

Xalqaro sharh

Yaqin Sharqdagi vaziyat kundan-kunga jiddiylashib, mislsiz ravishda talofatlarni yuzaga keltirmoqda. Livanning taqdiri noma’lum bo‘lib qolayotgan bir sharoitda, Isroil bilan Eron o‘rtasidagi to‘qnashuv yanada keskinlashdi. Tomonlar bir-birlarini tushunish niyatida emas. O‘ch olish istagi ustunlik qilmoqda. Vaziyatni yumshatish uchun qilinayotgan harakatlar naf bermayapti. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish urushni to‘xtatishga chaqirdi. Biroq uning bu boradagi urinishlari ham zoye ketdi. Isroil hukumatining Guterrishni bu chaqirig‘i uchun "non-grat shaxs" deb e’lon qilishi kutilmagan voqea bo‘ldi. BMTning Xavfsizlik Kengashi a’zolari Isroilning bu qaroriga o‘zlarining munosabatlarini bildirdilar. Lekin, vaziyat keskinligicha qolmoqda. Dunyo mamlakatlarining ayrim rahbarlari Isroilga qurol yetkazishni to‘xtatishga chaqirmoqda. Ba’zi davlat rasmiylari esa Isroilni oxirigacha qo‘llab-quvvatlash haqida bayonot bermoqda. Bunday vaziyatda urushni to‘xtatishning iloji bo‘larmikan?

Bugungi “Xalqaro sharh” ko‘rsatuvimizda siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori Bektosh Berdiyev aynan shu mavzuda o‘zining fikrlarini bildirgan. 

Suhbatni jurnalist Dilshod Bo‘riyev olib boradi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/VgspXXMQ9kw" title="Isroil – Eron: endi nima boʻladi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Dilshod Bo‘riyev, Anvarxo‘ja Ahmedov O‘zA