Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroil elchisi bilan uchrashuv
10:29 / 2017-09-28

2017-yilning 27-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Isroil Davlatining Favqulodda va Muxtor elchisi Eduard Shapira bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2017-yilning 27-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Isroil Davlatining Favqulodda va Muxtor elchisi Eduard Shapira bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy sayti xabar beradi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Isroil kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi, deyiladi xabarda.

Elchiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan tashabbuslari to‘g‘risida tushuntirish berildi.