Isroil havo kuchlari Damashq chekkasida Eronning havo hujumidan mudofaa moslamalari va radarlari o‘rnatilgan hududga hujum qildi.
Dubaydan efirga uzatiladigan “Al Hadath” telekanali ma’lumotiga ko‘ra, zarbalar Suriya armiyasi tomonida jang qilayotgan shia “Hizbulloh” guruhi bazasiga, ya’ni Eron uchuvchisiz uchoqlarining bir qismini yetkazgan harbiy karvonga ham berilgan.
Guvohlarning ma’lum qilishicha, poytaxtning Janubi-g‘arbiy chekkasida bir nechta kuchli portlashlar eshitilgan, – deb yozadi “Armenpress” mahalliy OAV vositalariga tayanib.
Avvalroq SANA agentligi harbiy manbaga tayanib, Suriya havo hujumidan mudofaa tizimlari Moskva vaqti bilan soat 23:02 da Damashq osmonidagi havo nishonlarini o‘qqa tutgani haqida xabar bergan edi. Zarbalar Livan havo hududidan berilgan.
Isroil harbiy-havo kuchlarining nishonlari Eronni qo‘llab-quvvatlovchi shia tuzilmalarining o‘q-dorilar ombori, uchuvchisiz uchish apparatlarini yig‘ish korxonasi va raketa qurollari ishlab chiqish markazi bo‘lgan.
“Naharnet” portaliga ko‘ra, Xama provinsiyasiga qilingan hujum Isroilning yil boshidan buyon Suriyaga qarshi sakkizinchi tajovuzkor harakati bo‘ldi.