Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroil Bosh vazirining rafiqasi tergovga tortildi
11:58 / 2024-12-27

Isroilda Netanyaxular oilasi firibgarlik, ishonchni suiste’mol qilish hamda kuchli mediamagnatlar va boy sheriklar bilan o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatishda ayblanib, jiddiy muammolarga duch kelmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning rafiqasi siyosiy raqiblar, ya’ni Isroil yetakchisining korrupsiyaga aloqadorlik bo‘yicha sud jarayonidagi guvohlarini ta’qib qilishda gumonlanyapti. Shu munosabat bilan mamlakat bosh prokurori Gali Baharav-Miara politsiyaga birinchi xonimga nisbatan tergov boshlashni buyurgan.

"Euronews" yozishicha, kecha bu haqda prokuratura rahbarining o‘zi bayonot berdi va taftish Sara Netanyaxu ishi yuzasidan yaqinda e’lon qilingan hisobot natijasiga ham e’tibor qaratishini bildirdi.

Tekshiruvning ilk dalillariga ko‘ra, Netanyaxu xonim sobiq yordamchisiga siyosiy muxoliflarga qarshi norozilik namoyishlari uyushtirish va suddagi asosiy guvoh Hadas Kleinni qo‘rqitish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.