Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroil BMTning xalqaro sudida javob beradi
17:59 / 2024-01-04

BMTning Gaagadagi xalqaro sudi 11-12 yanvarda Janubiy Afrika Respublikasining (JAR) G‘azo sektorida vaziyat tufayli genotsid to‘g‘rsidagi konvensiya bo‘yicha Isroilga qarshi da’vo arizasini ko‘rib chiqadi.

Sudning chorshanba kuni tarqatgan xabarida aytilishicha, 2024 yil 11-12 yanvarida  Xalqaro sud Gaagadagi Tinchlik saroyida JARning 2023 yil 29 dekabrda Isroilga qarshi topshirilgan da’vo arizasini oshkora ko‘rib chiqadi. 

Unda ta’kidlanishicha, 11 yanvarda sud majlisida JAR chiqish qiladi,12 yanvarda esa Isroil tomoniga so‘z beriladi. 

JAR o‘tgan juma kuni BMTning Gaaga shahrida joylashgan xalqaro sudiga G‘azo sektorida yuzaga kelgan vaziyat tufayli genotsid to‘g‘risidagi konvensiya bo‘yicha  Isroilga qarshi da’vo arizasini taqdim etgan edi. Unda suddan Isroil hukumatiga nisbatan vaqtinchalik chora ko‘rilishi talab qilingan. JAR Isroilning G‘azo sektorida falastinliklarga qarshi amalga oshirayotgan  harakatlarini “Genotsid to‘g‘risidagi konvensiya bo‘yicha majburiyatga amal qilmaslik” deb hisoblamoqda. 

Bunga javobanIsroil tashqi ishlar vazirligi  JARning Tel-Avivga qarshi  da’vosi hech qanday faktga asoslanmagani va sud ekspluatatsiya qilinayotganini ta’kidlab,  Pretoriyani “terrorchilar” bilan hamkorlik qilayotganlikda ayblagan.