Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroil BMT vakili o‘ldirilganini tan oldi
09:52 / 2025-04-27

Isroil harbiylari o‘tgan oy G‘azo sektorida sodir bo‘lgan voqeada Birlashgan Millatlar Tashkiloti xodimi tankdan otib o‘ldirilganini tan oldi, deb yozdi BBC.

19 mart kuni Dayr al-Balohdagi BMT qarorgohi vayron qilinishi oqibatida bir xodim halok bo‘lganda Isroil mudofaa kuchlari bu manzilga zarba bermaganini aytgan edi. Hodisa yuzasidan o‘tkazilgan tergovning dastlabki xulosasi esa yahudiy davlati qo‘shini binoda “dushman borligi” haqidagi ta’minda adashganini ko‘rsatdi.

- Isroil ushbu jiddiy voqeadan afsusda, - degan harbiy mulozimlardan biri. Kelgusida shunday hodisalarning oldini olish uchun tezkor saboq olish va qo‘shimcha chora-tadbirlarni baholash maqsadida batafsil tekshirish jarayoni davom etyapti.

Musulmon Ziyo, O‘zA