Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroil aviatsiyasi Livan havo hududidan foydalangan holda Suriya hududiga havodan zarbalar berdi
12:50 / 2021-06-09

Isroil harbiy havo kuchlari chorshanbaga o‘tar kechasi Suriya hududiga havodan zarbalar berdi, deyiladi “Interfaks” xabarida.

Suriyadagi axborot manbalariga tayanib berilgan ma’lumotga ko‘ra, Isroil aviatsiyasi Livan havo hududidan foydalangan holda zarbalar bergan.  

Zarbalardan maqsadga aniqlik kiritilmagan. Isroil armiyasi esa, mazkur havo zarbalari bo‘yicha izoh bermagan.

Odatda, isroilliklarning Suriyaga zarbalari terrorchilik guruhlarining ob’ektlari tomon beriladi, deyiladi xabarda.