Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ispaysoy mikroGESi” ishga tushirildi
22:16 / 2023-07-28

Bugun, 28 iyul kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Pskem daryosining chap irmog‘ida “Ispaysoy mikroGESi” ishga tushirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda mazkur loyiha energetika tizimi uchun muhim ahamiyat kasb etishi, aholini toza va arzon elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan tatbiq etilgan “Ispaysoy mikroGESi” loyihasi qurilishida “Gidroproyekt” AJ, “1-son Qurilish direksiyasi” va “4-son Qurilish direksiyasi” MCHJ faol ishtirok etdi.

Ta’kidlash kerakki, Ispaysoy mikroGESi”ning quvvati  200 kVt bo‘lib, o‘rtacha yillik elektr energiya ishlab chiqarishi 1,75 million kilovatt soatni tashkil etadi.

Ispaysoy Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Ispay qishlog‘idan oqib o‘tuvchi Pskem daryosining chap qirg‘og‘iga quyiluvchi soy bo‘lib, soyning uzunligi 13 kilometr, hajmi 73 km2ni tashkil etadi.

Qayd etish joizki, mamlakatimiz suv-energetika salohiyatidan maqsadli foydalanish yo‘lida yangi GESlarni qurish bo‘yicha tasdiqlangan investitsiyaviy loyihalar asosida hududlarda jadallik bilan qurilish ishlari olib borilmoqda. 

“O‘zbekgidroenergo” AJ axborot xizmatiga ko‘ra, 2023 yilda jamiyat tomonidan umumiy 197 MVt quvvatga teng 7 ta loyihani belgilangan muddatda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Muhimi, yangi “Ispaysoy mikroGESi” mahalliy aholi va ushbu hudud infratuzilmasi rivoji uchun xizmat qiladi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA