Ispaniyadan tashrif buyurgan turistlar soni oshdi
O‘zbekistonning turizm salohiyati yildan-yilga o‘sib bormoqda. Mehmonxonalar, tarixiy va madaniy obidalar, turizm infratuzilmasi yaxshilanayotgani xorijiy turistlarni jalb qilishda muhim ahamiyatga ega.
2025 yilda Ispaniyadan kelgan turistlar sonining o‘sishi shu tendensiyani yana bir bor tasdiqladi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda jami 27,5 ming nafar Ispaniya fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 3,9 ming nafarga yoki 16,6 foizga ko‘p bo‘lgan.
Turistlar safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
Sayohat – 26,3 ming nafar;
Qarindoshlarni yo‘qlash – 740 nafar;
Xizmat yuzasidan – 467 nafar;
O‘qish uchun – 15 nafar;
Tijorat uchun – 2 nafar.
Bu Ispaniya fuqarolarining O‘zbekistonga qiziqishi o‘sib borayotganini ko‘rsatadi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA