Aksiya ishtirokchilari hukumat xususiy tibbiyot foydasiga davlat sog‘liqni saqlash xizmatini tugatayotganidan shikoyat qilmoqda.
“Reuters” xabar qilishicha, hokimiyat vakillari namoyish so‘l partiyalar tomonidan munitsipal va hududiy saylovlar arafasida konservatorlarga ishonchni tushirish maqsadida uyushtirilayotganini bildirgan.
So‘nggi yillarda, ayniqsa, COVID-19 pandemiyasi davrida Madrid hududiy hukumati kasalxonalar va birlamchi tibbiy-sanitar yordami markazlaridagi qoniqarsiz holat bir necha bor tanqid qilingan. Xususan, namoyishchilar o‘ta yuqori yuklamada ishlayotgan shifokorlar kuniga har bir bemorga taxminan 5-6 daqiqadan vaqt ajratishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Mamlakatda sog‘liqni saqlash sohasidagi siyosatchilarga qarshi oxirgi ommaviy namoyish 2022 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan. O‘shanda 200 mingga yaqin odam ko‘chaga chiqib, aksiya tashkilotchilari Madrid hukumati Ispaniya bo‘ylab aholi jon boshiga birlamchi tibbiy-sanitar yordami uchun juda kam miqdorda mablag‘ sarflayotganini aytgan.
G. Abdullayeva tayyorladi.
O‘zA