Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ispaniyada portlovchi modda solingan maktub jo‘natishda gumonlanayotgan shaxs ushlandi
16:35 / 2023-01-25

Ispaniyada ichiga portlovchi qurilma solingan xatlarni jo‘natgan shaxs qo‘lga olindi. U Ukrainaning Madriddagi elchixonasiga ham shunday maktub jo‘natgan edi, deb yozmoqda La Sexta telekanali.

Gumonlanuvchi Burgos provinsiyasi Miranda-de-Ebro shahridan 74 yoshli nafaqaxo‘r bo‘lib chiqdi. 2022 yil noyabr va dekabr oylarida Ispaniyada ichiga portlovchi qurilma solingan jami oltita maktub aniqlangan.

Maktublar, jumladan, mamlakat bosh vaziri Pedro Sanchesga, AQSH va Ukrainaning Madridda joylashgan elchixonalariga hamda Mudofaa vazirligiga jo‘natilgan. Xayriyatki, ulardan hech kim qurbon bo‘lmagan, faqat Ukraina elchixonasining bir xodimi jarohat olgan.

Ispaniya tergovchilarining ta’kidlashicha, voqealarga Rossiyaning aloqasi borligiga ularda dalil yo‘q.