Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ispaniyada “O‘zbekiston kunlari” doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi
13:58 / 2025-07-23

Ispaniyaning Vigo shahrida “O‘zbekiston kunlari” doirasida mamlakatimizning qadimiy va zamonaviy tarixi, boy madaniyati, milliy hunarmandchiligi va turizm salohiyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir Farg‘ona davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Respublikasining Ispaniya va Fransiyadagi elchixonalari ko‘magida Vigo universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekistonning milliy hunarmandchilik mahsulotlari va madaniy qadriyatlari namoyish etildi. Shu bilan birga, mamlakatning iqtisodiy va turistik salohiyati, so‘nggi yillardagi islohotlar va rivojlanish tendensiyalari haqida keng qamrovli taqdimotlar  o‘tkazildi.  

Shuningdek, joriy yilda YUNESKOning 43-sessiyasi ilk bor Parijdan tashqarida – qadimiy Samarqand shahrida o‘tkazilishi munosabati bilan ushbu xalqaro nufuzli anjuman yuzasidan tegishli  ma’lumotlar ham ishtirokchilarga yetkazildi.

Tadbirning madaniy qismida Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli tomonidan o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlari va raqslari ijro etildi.  

Ansambl ijrosidagi milliy raqslar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Bular nainki raqs, balki O‘zbekistonning boy madaniy merosining  o‘ziga xos ko‘zgusi sifatida ham ispaniyalik muxlislarga taqdim etildi.

N.Usmonova,  

O‘zA