Ispaniyada havo harorati kekin pasayib ketib, kuchli qor yog‘di. Natijada Filomena bo‘ronidan zarar ko‘rgan hududlarga oziq-ovqat yetkazib berish mushkul ishga aylandi. Mamlakat rasmiylari, noidoj, vaqt bilan kurashyapti. Bundan tashqari, mintaqa bo‘ylab vaksina tarqatish bilan bog‘liq jiddiy muammo paydo bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlardan biri - poytaxt Madridda qorning qalinligi 50 santimetrgacha yetdi. Favqulodda hodisa tufayli kamida to‘rt kishi halok bo‘lga, minglab sayohatchilar manziliga yetolmayapti.
Meteorologlar qor xavfli muzga aylanib borayotganidan ogohlantirib, bir kecha davomida Ispaniyaning ba’zi joylarida havo harorati -8C darajagacha tushgani aytilmoqda.
Pireney yarim orolidagi g‘ayrioddiy sovuq ta’siri payshanba kungacha davom etishi kutilyapti.
Ispaniya hukumati dushanba kuni mintaqaviy sog‘liqni saqlash idoralari 300 ming doza koronavirusga qarshi vaksina tarqatilishi uchun qo‘shimcha choralar ko‘rgani, jumladan politsiya koloniyalari ham yordamga olinganini aytdi.
Bundan ko‘zlangan maqsad sog‘liqni saqlash, vaksina va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishdan iborat. Kecha transport vaziri Xose Luis Abalos yuklar darhol yetkazib berilishi uchun yo‘laklar ochilayotganini qayd etdi. Davoqe, 700 ta katta trassaning bir qismini tozalash uchun askarlar jalb qilingan.
Shu bilan birga 3,5 ming tonna tuz yuk mashinasida poytaxtga olib kelindi, deb yozgan Ispaniyaning “El Mundo” sayti.
Mamlakatning kattagina qismida istiqomat qiladigan aholi yaqin kunlar ichida ehtiyot bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida ogohlantirildi, chunki payshanba kunigacha ba’zi hududlarda havo harorati -12C darajagacha tushishi mumkin.
Behro‘z XUDOYBERDIEV, O‘zA