Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ispaniyada jazirama issiq chekinmayapti
12:52 / 2023-08-07

Ispaniya davlat meteorologiya agentligi (Aemet) ma’lum qilishicha, kelasi haftada Pireney yarim oroliga navbatdagi jazirama to‘lqini bostirib kiradi.

Ispaniyaning to‘rtta muxtor hamjamiyati – Kastiliya- Leon, Kastiliya-La-Mancha, Andalusiya va Estremadurada havo harorati 40 darajadan ham yuqori bo‘ladi. Afrika qit’asidan kelayotgan havo oqimi yarim orolning janubiy qismidan kirib g‘arbiy qismini ham qamrab oladi.  

Ispaniyada issiq harorat qaytayotgan edi, biroq so‘nggi kunlarda termometr tayoqchalari yana ko‘tarila boshladi. Bundan tashqari, meteorologlarning ta’kidlashicha, Galitsiya sohillarida hamda Ampudanda kuchli shamol bo‘ladi.  

Ispaniya va Portugaliyada birinchi issiq to‘lqin iyun oyida boshlangan edi.  

 

 O‘zA