Ispaniyada hukumat sotsialistlar qo‘liga o‘tdi...mi?!
Pedro Sanches boshchiligidagi Ispaniya sotsialistik partiyasi mamlakatda muddatidan oldin o‘tkazilgan parlament saylovlarida g‘olib chiqdi.
Pedro Sanches boshchiligidagi Ispaniya sotsialistik partiyasi mamlakatda muddatidan oldin o‘tkazilgan parlament saylovlarida g‘olib chiqdi. Hozirda g‘olib tomon hukumatni shakllantirish payida.
RIA Novostining yozishicha, saylov yakunlariga ko‘ra kongressdagi 350 o‘rindan 123 tasini sotsialistlar egallagan. Avval esa mazkur partiya vakillarining kongressdagi soni 85 nafarni tashkil etgan xolos.
Saylovlarda 66ta o‘rin bilan 2-o‘rin Xalq partiyasiga nasib qilgan bo‘lsa, 3-o‘rinni “Fuqarolar” markaziy partiyasi (57ta mandat) band etdi. Qolgan o‘rinlar turli avtonom jamiyatlarni namoyon etuvchi milliy partiyalar o‘rtasida taqsimlangan.