Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ispaniyada ho‘kizlar poygasida bir kishi halok bo‘lgani aytilmoqda
11:50 / 2022-08-08

Ispaniyaning Sonexa munitsipaliteti meriyasidan ma’lum qilinishicha, bir kishi qattiq jarohat olib vafot etgan.

"O‘tgan juma kuni tomoshobinlardan biri ho‘kizlar to‘dasi qarshisidan qocholmay qolgan, natijada og‘ir jarohat olib vafot etgan", – deyiladi meriyaning ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatgan xabarida. 

Bundan avval ham Valensiyada milliy festival chog‘ida ho‘kizlarning ommaviy yugurishida uch kishi jarohat olib vafot etgani haqida xabar berilgan edi. 

Bous al carrer ("ko‘chada ho‘kizlar") – Ispaniyadagi an’anaga aylangan ho‘kizlar ishtirokidagi bayram. Unda korrida boshlanishiga bir necha soatcha qolganida ho‘kizlar shahar ko‘chalariga qo‘yib yuboriladi. Bu bayramda yo‘l chekkalari bo‘ylab maxsus to‘siqlar qo‘yiladi. Bundan maqsad ishtirokchilar ho‘kizlar yaqinlashganda to‘siqdan sakrab o‘tib xavfsiz joyda bo‘lishi, biroq aksariyat hollarda ishtirokchilar yoki tomoshabinlar jarohat oladi, hatto halok bo‘ladi.