Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ispaniyada g‘ayritabiiy issiq tufayli mingdan ziyod odam halok bo‘ldi
09:14 / 2025-07-18

Ispaniyada 16 maydan 13 iyulga qadar g‘ayri tabiiy issiq tufayli mingdan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu 2024 yilning shu davriga nisbatan deyarli 1000 foiz ko‘p. Mazkur ma’lumot mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati hisobotida keltirilgan.

В Испанию и Португалию пришла аномальная для сентября жара

Avvalroq Davlat meteorologiya xizmati (AEMET) joriy yil iyun Ispaniya meteorologiya kuzatuvi tarixidagi eng issiq oy bo‘lganini ma’lum qilgandi. Oy davomida AEMET ko‘p bor eng yuqori harorat ko‘rsatkichlarini qayd etdi. 28 iyun kuni El-Granado shahrida qayd etilgan 46 darajali harorat ayniqsa diqqatga sazovor.

– Statistika 2025 yil 16 maydan 13 iyulga qadar jami 1180 kishi jazirama to‘lqini qurboni bo‘lganini ko‘rsatmoqda, – deyilgan hisobotda. – Bu  o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 1035 foiz ko‘p. Ya’ni, 2024 yil xuddi shu davrda issiq havo tufayli 114 o‘lim holati qayd etilgan.

В Испании более тысячи человек умерли из-за аномальнoy жары с середины мая  - Караван

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, jazirama tufayli hayotdan ko‘z yumganlarning 95 foizi 65 yoshdan oshgan, aksariyati ayollar edi. Oftob urishidan o‘n kishining o‘limi tasdiqlangan. Ulardan besh nafari keksa, to‘rt nafari 52-62 yosh orasida bo‘lgan.

S.Rahimov,O‘zA