Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ispaniyada bir tonnadan ziyod giyohvand modda olib ketayotgan ikkita yelkanli kema ushlandi
12:19 / 2023-03-09

Ispaniya huquq-tartibot organlari Kanar orollari hududida 1,1 tonna kokain olib ketayotgan ikkita yelkanli kemani ushladi, deb ma’lum qilmoqda mamlakat politsiyasi.

Belgiya bayrog‘i ostida suzayotgan My Love yelkanli kemani qo‘lga olishga Ispaniya bojxonachilarining katerlari jalb qilingan. Ekipaji ikki nafar ispaniyalik dengizchidan iborat bo‘lgan kema vakolatli organlarga topshirish uchun Tenerife portiga keltirilgan, deyiladi xabarda.

Boshqa bir amaliyot tufayli bortiga kokain yuklagan yana bir yelkanli kema ushlangan. Ikki kemadagi qoradorining umumiy og‘irligi 1,1 tonnadan oshadi, deyiladi Ispaniya politsiyasi tarqatgan xabarda.