Ispaniyada ayollar savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh yo‘q qilindi
Ispaniya huquq-tartibot idorasi tarqatgan matbuot xabarnomasida yozilishicha, mamlakatda ayollar savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.
– Milliy politsiya xodimlari Badaxos shahrida in qurib olgan ayollar bilan savdo qiluvchi to‘dani ushladi, – deyilgan bayonotda. – Ikki qurbon ozod qilindi, uch jinoyatchi qo‘lga olindi, ikki nafari qamoqda saqlanmoqda.
Gumondorlarga odam savdosi bilan shug‘ullanish, xotin-qizlarni fohishalikka majburlash, jinoiy guruhda ishtirok etish va qurol saqlash kabi ayblar qo‘yilgan.
Ikki ayol jinoyatchilar qurboniga aylangani haqida ariza bergandan keyin politsiya tekshiruv boshlab, jabrlanganlar, asosan, kolumbiyaliklar ekanini aniqladi.