Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ispaniyada 410 000 gektar o‘rmon alanga ichida qoldi
18:48 / 2025-08-26

Yil boshidan buyon Ispaniyada o‘rmon yong‘ini qoplagan maydon 410 000 gektardan oshdi. Yevropa o‘rmon yong‘ini axborot tizimi (EFFIS) yangilagan ma’lumotga ko‘ra, bu 2024 yilga nisbatan qariyb o‘n barobar ko‘p.

Bosh vazir Pedro Sanches avvalroq mamlakatda ayni holat bilan bog‘liq vaziyat jiddiyligicha qolayotganini aytgandi. “Espanol” gazetasi xabar berishicha, "tilsiz yov" tufayli qator mintaqalarda minglab odam evakuatsiya qilingan.

Yanvar oyidan iyul oxirigacha qirollikda - asosan shimol va g‘arbda kamida 252 marta yashil hududga o‘t ketgan. Natijada 411 315 gektar maydon alanga ichida qolgan.

Taqqos: 2024 yil davomida 42 615 gektar joyda 219 yong‘in kuzatilgan. Yirik, ya’ni har biri 500 gektardan ortiq joyni egallagan yong‘inlarning sezilarli darajadagi o‘sishi qayd etildi. Joriy yil olovdan zarar ko‘rgan maydon 2023 yildagi ko‘rsatkichdan ancha oshib ketdi.

S.Rahimov, O‘zA