Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ispaniyada 1979 yildan buyon ilk bor xalera kasalligiga chalinish holati qayd etildi
20:30 / 2022-06-22

Ispaniyaning Kastiliya-la-Mancha muxtor hamjamiyatidagi Toledo viloyatida fermalarning biri yopib qo‘yilgani ma’lum qilindi.

Pais gazetasining ishonchli manbalarga tayanib yozishicha, bunga quvur suvini iste’mol qilish natijasida xalera kasalligini yuqtirish holati aniqlangani sabab bo‘lgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, voyaga yetmagan o‘smir qiz ferma hududida tozalanmagan suvdan ichgan va uni yuqtirib olgan. Keyinroq u kasalxonaga yotqizilgan, ayni paytda qizning ahvoli yaxshi, deyilmoqda.

Hukumat hozir suv qayerdan kelayotganini, yuqish manbasi va boshqalarga ham yuqqanini aniqlashga harakat qilmoqda. Taxmin qilinishicha, suv quduqdan olingan bo‘lgan. 

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilinishicha, ushbu holat 1979 yildan buyon ilk bor kuzatilayotgan xodisadir.