Ispaniyada 135 tonna ishlatilgan niqob va qo‘lqoplardan yoqilg‘i tayyorlandi
Cyercyeda shahrida 135 tonna ishlatilgan niqob, qo‘lqoplar, shuningdek, COVID-19 bilan kasallangan bemorlar bilan ishlovchi tibbiyot xodimlarining himoya kostyumlari yoqilg‘i uchun qayta ishlandi.
Sanitariya materiallarining chiqindilari potensial xavfli material sifatida maydalangan va selsiy bo‘yicha 850 daraja issiqlikda yoqib yuborilgan.
Odatda plastikni yoqilg‘iga qayta ishlash uchun uni 400 darajagacha isitishning o‘zi kifoya.
"regnum.ru" xabarida qayd etilishicha, olingan yoqilg‘i xonalarni isitish uchun va qurilishda (masalan, sement ishlab chiqarish uchun) ishlatiladi.