English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ispaniya Yangi Zelandiyani mag‘lub etdi
23:11 / 2024-09-18

Mamlakatimizda futzal bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati “D” guruhi ikkinchi turidagi Ispaniya Yangi Zelandiya uchrashuvida ispanlar yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Andijon shahridagi Universal sport majmuasida o‘tkazilgan uchrashuv kutilganidek Ispaniya terma jamoasining xavfli hujumlari bilan boshlandi. Biroq o‘yinning 6-daqiqasida Yangi Zelandiyaning tezkor qarshi hujumi gol bilan yakunlandi. Yangi zelandiyaliklar 1:0 hisobida oldinga chiqib oldi.

Uchrashuvning 12-daqiqasiga kelib, Ispaniya terma jamoasi o‘yinchisi Migel Millado raqib darvozasini ishg‘ol etib, hisobni tenglashtirdi. Birinchi taym 1:1 hisobida yakunlandi.  

[gallery-19339]

Ikkinchi taym Ispaniya termasining to‘la ustunligida o‘tdi. Yangi Zelandiya darvozasi olti bor ishg‘ol etildi.

Yakunda Ispaniya Yangi Zelandiyani 7:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.  

Raqib darvozasiga uch bora to‘p kiritgan Ispaniya terma jamoasi      o‘yinchisi Gatela uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni o‘tkaziladigan navbatdagi turda Ispaniya Liviya termasi bilan, Yangi Zelandiya esa Qozog‘iston termasi bilan bahs o‘tkazadi.  

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (foto),

O‘zA muxbirlari