Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ispaniya vitse-premyerida koronavirus aniqlandi
11:31 / 2020-03-26

Ispaniya Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari 62 yoshli Karmen Kalvoning tanasida ham yangi turdagi koronavirus alomatlari topilni maʼlum boʻldi.


Ispaniya Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari 62 yoshli Karmen Kalvoning tanasida ham yangi turdagi koronavirus alomatlari topilni maʼlum boʻldi. Bu haqda kecha tunda mamlakat Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar bergan.

“Vitse-premyer Karmen Kalvo bilan oʻtkazilgan test musbat natija berdi”, - deyiladi bayonotda. Avvalroq hukumat rahbarining birinchi oʻrinbosari respirator infeksiyasi yuqtirib olgani tufayli shifoxonaga yotqizilgani eʼlon qilingandi. Shundan keyin Kalvo xonimdan koronavirusga tahlil olishga qaror qilingan.

Eslatib oʻtamiz, Ispaniya hukumati tarkibidan bungacha ikki nafar vazir va Bosh vazir Pedro Sanches Begoni Gomesning rafiqasida ham ushbu virus aniqlangan.

Ispaniyada koronavirus yuqqan ilk bemor haiqdagi xabar 31-yanvar kuni ovoza qilingandi. Italiyadan keyin ushbu davlatda ham kasallik koʻrsatkichlari juda katta tezlikda osha boshladi. Hozirgi paytda qirollikda mazkur xastalik bilan qayd etilganlar soni 50 mingga yaqinlashib qoldi. Ulardan 3434 kishi halok boʻldi. Qurbonlar borasida Ispaniya Xitoyni ham ortda qoldirib, 2-oʻringa koʻtarildi.