Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ispaniya va Portugaliyada rekord darajadagi jazirama qayd etildi, qurbonlar bor
16:02 / 2022-07-19

Ispaniya va Portugaliyada jazirama tufayli qurbon bo‘lganlar soni 1000 nafardan oshdi. Bu haqda 17 iyul kuni BNO News axborot agentligi xabar qildi.

Kataloniyaning La Vanguardia gazetasi xabariga ko‘ra, 16 iyul kuni Ispaniyada kamida 360 nafar inson halok bo‘lgan. Ulardan 22 nafari Madrid provinsiyasida, biri - 60 yoshli farrosh bevosita ish vaqtida, yana biri - 50 yoshli erkak poytaxt yaqinidagi Torrexon-de-Ardos ko‘chasida issiqlik ta’sirida vafot etgan. Shifokorlar jabrlanuvchiga yordam bera olmadi, uning tana harorati 40 darajaga ko‘tarildi, deb aniqlik kiritdi AFP agentligi.  

Mamlakatdagi milliy meteorologiya agentligining Portugaliya dengiz va atmosfera instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 14 iyul kuni Portugaliyaning Pinyan shahrida rekord darajadagi harorat (Selsiy bo‘yicha 47 daraja) qayd etildi.   

Amerikaning AccuWeather prognoz xizmatining katta meteorologi Tayler Roys ma’lumotlariga ko‘ra, jazirama iyul oyining oxirigacha cho‘zilishi va avgustda ham davom etishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap Vengriya, Xorvatiya sharqi, Bosniya va Gersegovina, Serbiya, Ruminiya janubi va Bolgariya shimolidagi qator hududlar haqida bormoqda.  

Buyuk Britaniyaga kelsak, bu yerda 16 iyul kuni milliy inqiroz shtabi chaqirildi. Avvalroq, Britaniya Meteorologiya boshqarmasi mamlakatning ayrim hududlari uchun jazirama to‘g‘risida ilk bor jiddiy “qizil” ogohlantirish darajasini e’lon qildi. Keyingi hafta boshida London va Manchestor o‘rtasidagi Angliya hududining aksar qismida harorat Selsiy bo‘yicha 40 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Avvalgi rekord harorat, ya’ni 38,7 daraja 2019 yilda Kembrijda qayd etilgan edi.   

Fransiyada Atlantika okeani sohilida joylashgan ko‘plab departamentlarda yuqori harorat tufayli rasmiylar ogohlantirish darajasi oshirilganini e’lon qildi. U yerda harorat Selsiy bo‘yicha 41 darajani tashkil qilgan issiqlik to‘lqini yana bir necha kun davom etishi kutilmoqda.   

Deutsche Welle materiallari asosida 

Gulruh Abdullayeva tayyorladi, O‘zA