Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ispaniya: tezlikdan fojiagacha
13:28 / 2026-01-19

Ispaniya janubida yuqori tezlikda ketayotgan ikki poyezd to‘qnashib, kamida 21 inson hayotdan ko‘z yumdi. Kordoba viloyati Adamuz hududida yuz bergan falokat mamlakatni larzaga soldi.

Izidan chiqib ketgan poyezd qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan tarkibga urilib, vagonlarni yo‘ldan chiqarib yuborgan. Shifoxonaga yotqizilgan 75 fuqarodan 15 nafari og‘ir ahvolda. Rasmiylar qurbonlar soni ortishi mumkinligini yashirmayapti.

Ikki poyezdda 400 ga yaqin yo‘lovchi bor edi. Dam olish kunidan keyin Madridga qaytayotganlar vahima, qichqiriq va bir zumda boshlangan tartibsizlikdan sarosimaga tushgan.

“Renfe” kompaniyasiga tegishli poyezd to‘qnashuv payti soatiga 200 kilometr tezlikda harakatlangan. Halok bo‘lganlar orasida mashinist ham bor. Falokat sababi hozircha noma’lum.

Musulmon Ziyo, O‘zA