Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares BryusseldagiTashqi ishlar kengashi yig‘ilishida Isroilga qarshi uchta chora taklif qildi: hamkorlik shartnomasini to‘xtatib turish, qurol embargosini joriy etish va tinchlik jarayoniga to‘sqinlik qilganlarga qarshi sanksiyalar.
Ushbu yig‘inda 27 davlat G‘azodagi nizo tufayli Tel-Avivga qarshi qo‘shimcha choralar ko‘rish imkoniyatini muhokama qildi. Albaresning fikricha, mamlakatga qurol sotish embargosi, shuningdek, “davlat qarorini buzmoqchi bo‘lganlar”ni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish ma’qullanishi kerak.
– Rasmiy Madrid Isroil bilan hamkorlik shartnomasini “hech bo‘lmaganda urush davrida” to‘xtatib qo‘yishga harakat qiladi, -dedi u o‘z nutqida.
Isroilga nisbatan diplomatik bosim mintaqada beqarorlik kuchayib borayotgan bir paytda amalga oshirilmoqda. G‘azoga qarshi harbiy hujum davom etar ekan, Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar uning mamlakati hududni uzoq muddat nazoratda ushlab turish niyatida emasligini aytgan.
– Mojaro tugagandan so‘ng G‘azoni boshqarishdan manfaatdor emasmiz, - deya ta’kidladiGideon Saar. – Ustuvor vazifa – XAMAS harakatini yo‘q qilish, chegaralar xavfsizligini ta’minlash va boshqaruvni xalqaro yoki mo‘’tadil Falastin kuchlariga topshirishdan iborat.
Yaqin Sharqda yuz berayotgan bunday voqealar Yevropa Ittifoqini Isroilga nisbatan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishga undamoqda. Yevropadagi ba’zi davlatlar, jumladanIrlandiya va Belgiya Ispaniya taklifini ma’qullab, Isroilga nisbatan qo‘shimcha choralarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.
Germaniya va Vengriya esa doimgidek bunday taklifdan xursand emas. Shunga qaramay ekspertlar, Ispaniyaning taklifi YeIning Yaqin Sharq bo‘yicha tashqi siyosatida burilish nuqtasiga aylanishi mumkin, deyishmoqda.
K.Bekjonov, O‘zA