Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ispaniya Liviya uchrashuvi yirik hisobda yakunlandi
20:40 / 2024-09-21

Mamlakatimizda futzal bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati “D” guruhi doirasidagi uchinchi turda Ispaniya va Liviya terma jamoalari bahs olib bordi.

Andijon shahridagi Universal sport majmuasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv ispaniyalik futzalchilarning xavfli xujumlari bilan boshlandi. O‘yin asosan, maydonning Liviya darvozasi qismida o‘tdi.  

Birinchi taymning 10-daqiqasiga kelib, Ispaniya terma jamoasining   13-raqamli o‘yinchisi Migel Millado hisobni ochdi. Shundan so‘ng, taym oxiriga qadar ispanlar Liviya darvozasini yana to‘rt bor ishg‘ol etdi. To‘plar Fernandes, Gordes, Millado va Gatela tomonidan kiritildi. Birinchi taym 5:0 hisobida yakuniga yetdi.

[gallery-19396]

O‘yinning ikkinchi taymi ham Ispaniya termasining to‘la ustunligida o‘tdi. Taymda ispaniyalik futzalchilar raqib darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritdi.  

Yakunda Ispaniya Liviya terma jamoasini 8:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.  

Shunday qilib, “D” guruhda Ispaniya ikkita g‘alaba, bitta durang bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi.

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (foto), O‘zA muxbirlari