English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ispaniya kubogi finalini oʻtkazishga “Benito Vilyamarin” stadioni asosiy daʼvogar
11:46 / 2019-03-01

Xabaringiz bor, Ispaniya kubogining 2018/2019 yilgi mavsumi finalida “Barselona” va “Valensiya” klublari oʻzaro bahslashadi.

photo5458747414690245146.jpg

Xabaringiz bor, Ispaniya kubogining 2018/2019 yilgi mavsumi finalida “Barselona” va “Valensiya” klublari oʻzaro bahslashadi. Biroq, 25 may kuni boʻlib oʻtadigan final uchrashuvi qayerda oʻtkazilishi hamon aniq emas.

Ayni vaqtda final oʻyinini oʻtkazishga “Betis” klubining uy stadioni hisoblangan “Benito Vilyamarin” hamda “Valensiya”ning uy oʻyingohi – “Mestalya” daʼvogarlik qilmoqda. Biroq, “koʻrshapalaklar” finalda oʻynashini hisobga olsak, bu borada “Benito Vilyamarin” stadionining imkoniyatlari yuqori baholanyapti.

“Betis”ning uy stadioni oʻz bagʻriga 52 700 nafar tomoshabinni sigʻdirsa, “Mestalya”da 55 000 nafar muxlis oʻyinni bevosita stadionda kuzatish imkoniga ega.

Taʼkidlash joiz, “Betis” musobaqa yarim finalida aynan “Valensiya”ga imkoniyatni boy berdi.