Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ispaniya: AQSH va Isroilning Eronga hujumi xalqaro qonunga zid (+video)
18:14 / 2026-03-03

Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares “Europe Today” dasturiga bergan intervyusida AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushi BMT kelishuvlari va xalqaro huquq me’yorlariga zid deb atadi, deya xabar berdi Euronews.

Albares  “Europe Today” dasturida so‘zlar ekan, AQSH va Isroilning Eronga nisbatan harakatlari BMT Nizomiga va xalqaro huquq me’yorlariga   mos kelmasligini ta’kidladi.  

Shuningdek, Albares jonli efirda Eronning Yaqin Sharqdagi qator davlatlarga qarshi javob zarbalarini ham qoraladi va keskinlashuv sharoitida diplomatiya yo‘liga qaytishga chaqirdi.  

Uning ta’kidlashicha, mojaro kengroq hududga tarqalayotgani sababli Ispaniya va Yevropa Ittifoqi muvozanatga chaqiruvchi ovoz bo‘lishi kerak. 

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches Yevropa Ittifoqidagi AQSH va Isroil zarbalarini ochiq qoralagan yagona yetakchi hisoblanadi. Sanches hukumati Yevropadagi Donald Trampning tashqi siyosatini eng qattiq tanqid qiluvchi va Isroilning G‘azodagi urushiga qat’iy munosabat bildirgan hukumat sifatida tanilgan.  

Albares shuningdek, Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saarning Ispaniyani dunyo zolimlari tomonida turishda ayblagan so‘zlariga munosabat bildirib, uni asossiz va kulgili, degan.  

“Dunyoda bunday gapni ayta oladigan davlatlar juda kam. Biz xalqaro maydonda izchil ovozga egamiz va kimgadir yoqadimi-yo‘qmi, shu yo‘ldan davom etamiz”, - dedi Albares.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/fV1SldB_baQ" title="Ispaniya: AQSH va Isroilning Eronga hujumi xalqaro qonunga zid" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA