Maxfuza Ravshanovna ARTIKOVA mustaqil izlanuvchi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Toshkent, O‘zbekiston e-mail: martikova@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada ispan gazetasi matnlarida til birliklarining qoʻllanishi bilan bogʻliq oʻrinlar axboriy janr doirasida aniqlangan, mediamatnning jamiyatda kechayotgan voqea-hodisalar asosida yaratilishi, inson ongi, madaniyatiga taʼsir etishi, jamiyatda mavjud til me’yorlariga ta’sir etishi masalalari yoritilgan.
Shuningdek, Ispaniyaning nufuzli, rasmiy nashrlarining axboriy janri tili va uslubi, mazkur matnlarning lisoniy o‘ziga xosligi ko‘p sonli misollar yordamida diskursiv metodologiya asosida tahlil qilinib, ijtimoiy voqelik axborot maydonidagi maʼlumotlarni qisqartirishni talab etishi va bunday vazifa qisqartma (abbreviatura)lar zimmasiga tushishi haqida xulosaga kelingan.
Tayanch so‘zlar: til, uslub, gazeta, yangilik, janr, qisqartmalar.