Isoxon Bahramov: yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, xalqimiz to‘kinligi uchun ovoz berdim
Surxondaryo viloyatida ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tayotgan saylovlar davom etmoqda.
Tajribali fermer, O‘zbekiston Qahramoni Isoxon Bahramov Angor tumani madaniyat uyida joylashgan 137-saylov uchastkasida birinchilardan bo‘lib, eng munosib partiya va nomzodlarga ovoz berdi.
– Saylov “Mening tanlovim – obod Vatanim” shiori ostida o‘tkazilayotganida chuqur ma’no bor, – deydi Isoxon Bahramov. – Bu mamlakatimizda katta o‘zgarishlar bo‘layotganidan darak. Men Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, xalqimiz to‘kinligi, fermerlik harakatining yanada rivojlanishi uchun ovoz berdim.

Bugun kech soat 8.00 gacha davom etadigan muhim siyosiy kampaniyada mazkur saylov uchastkasidan 1 ming 850 dan ortiq fuqaro ovoz berishi kutilmoqda.
Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri