Ma’lumki, 27-30 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar vazirlik, idoralari matbuot kotiblarining “Axborot xizmati-2024: milliy va xorijiy tajriba” mavzucidagi o‘quvseminariga, an’anaga muvofiq, ko‘plab xorijiy mehmonlar tashrif buyurdi.
O‘zA muxbiri anjumanning nufuzli mehmonlaridan biri – Turkiyaning mashhur Anadolu axborot agentligi ijroiya kengashi a’zosi, doktor Ismoil Chag‘larning fikrlarini yozib oldi.
– Turkiy dunyo bilan hamkorlik Turkiya tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida iqtisodiyot, ta’lim, madaniyat va boshqa turli muhim sohalarda jadal rivojlanmoqda.
Bugungi global o‘zgarishlar davrida eng muhim tarmoqlardan yana biri shubhasiz media va kommunikatsiya. Ayni jarayon turkiy davlatlar, jumladan O‘zbekiston ishtirokida Axborot agentliklari ittifoqi tuzilishini taqozo etdi. Uyushmamiz qardosh ellarni bir-biriga yanada yaqinlashtiradi, degan umiddamiz.
Xususan, ikki yurt munosabatida umumiy manfaatlar doirasida tor doiradagi hamkorlikka ham ahamiyat qaratyapmiz. Shu bois O‘zbekiston TDT ko‘magida tashkil etgan yig‘ilishda bevosita ishtirok etishga qaror qildim.
Tashrif doirasida O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga ham tashrif buyurdik. Biz mamlakatning yetakchi rasmiy axborot manbai sifatida O‘zA bilan tarjiba almashishni xohlaymiz. Bir-birimizdan o‘rganadigan jihatlar bisyor. Shu nuqtai nazardan agentlik Bosh direktori bilan uchrashuvimiz juda samarali kechdi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Rj4gmjP30To" title="Ismoil Chagʻlar: Oʻzbekistonning yuksalish surʼati meni hayratga soladi!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>O‘zbekistonga 2 yillik tanaffusdan keyin ikkinchi bor keldim. O‘tgan gal Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida qatnashgandim. Diyoringizda kuzatganlarim – respublika taraqqiyot yo‘lida yuksalishning mutlaqo yangi bosqichiga o‘tganidan turkiy dunyo oilasi a’zosi, oddiy fuqaro sifatida hayratga tushdim. Ishbilarmonlar, media sektori vakillari shijoati, tashqi siyosat yuksalayotgani, dunyoga ochilish jarayoni va boshqa ko‘plab ijobiy sa’y-harakatlar har qadamda yaqqol namoyon. Bu nafaqat biz, ziyolilarni, balki butun turkiy dunyoni mamnun etmoqda.
Behruz Xudoyberdiyev,
Yoqubjon Meliboyev (video),
O‘zA