FOTOREPORTAJ
Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti oliy maktabi – ISMA universitetining Farg‘ona shahridagi filiali tomonidan Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyida yoshlar bayrami tashkil etildi.
Hozirda ushbu oliygohda 200 nafarga yaqin talabalar turizmda biznes boshqaruvi, biznes boshqaruvi va axborot tizimlari yo‘nalishlarida tahsil olmoqda. 2021-2022 o‘quv yilida filialning turizmda biznes boshqaruvi va biznes boshqaruvi yo‘nalishlarini 25 nafar yigit-qiz bitirdi.
[gallery-7867]
Bitiruv kechasiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ISMA universiteti Prezidenti, akademik Roman Dyakon, universitetning Farg‘ona filiali prezidenti, professor Sandra Plota, latviyalik va farg‘onalik olimlar, Farg‘ona viloyati hokimligi, viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari mas’ullari, filial bitiruvchilari, talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik bayrami arafasida tashkil etilgan mazkur tadbirda filial bitiruvchilariga xalqaro oliygohni tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom va ramziy esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi. Shuningdek, o‘quv yilini muvaffaqiyatli tamomlagan bir guruh talabalarga maxsus sertifikatlar berildi.
Muqimjon QODIROV (surat),O‘zA