“Islomiy jihod” Isroil bilan sulh imzoladi
7 avgustdan boshlab Falastin - Isroil mojarosi hududida sukunat rejimi kuchga kirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, “Islomiy jihod” asirga olingan ikki jangchini ozod qilish bo‘yicha Isroil bilan kelishish kafolati evaziga sulh tuzishga rozi bo‘lgan.
Darvoqe, nizo Isroil armiyasi G‘azo sektorida “Tong” operatsiyasini e’lon qilgach boshlandi. Tez orada Isroil isroillik tinch aholiga qarshi ko‘plab terrorchilik harakatlari uchun mas’ul bo‘lgan “Islomiy jihod” qo‘mondoni Taysir Jabariy o‘ldirilganini e’lon qildi. Falastin tomoni ham bu xabarni tasdiqladi.
Bunga javoban G‘azo Isroilni o‘qqa tutdi va 5 avgust kuni kechqurun mamlakat janubida havo hujumi sirenalari yangradi.