Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islombek Ismoilovning shogirdlari mundialda Xorvatiya bilan o‘ynaydi
10:52 / 2025-11-12

Qatar yashil maydonlarida futbol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida davom etayotgan Jahon chempionatida guruh uchrashuvlari yakunlanib, 1/32 bosqichida ishtirokchi jamoalar nomi aniq bo‘ldi.

Biz uchun ahamiyatlisi, qayd etilgan natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston U17 terma jamoasi "J" guruhida ikkinchi o‘rindan o‘rin olgan holda  14 noyabr kuni 1/32 final bosqichida Xorvatiya termasi bilan o‘ynaydigan bo‘ldi. Agarda futbolchilarimiz ushbu uchrashuvda g‘olib, bo‘lsa, 18 noyabr kuni 1/16 finalda Italiya va Chexiya to‘qnashuvi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.

Quyida mundialning 1/32 bosqichidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar bilan tanishasiz:

14 noyabr:

15:30 – Zambiya — Mali, Portugaliya — Belgiya;    

16:00 – Shveysariya — Misr;  

16:30 – Fransiya — Kolumbiya;  

17:45 – Argentina — Meksika;  

18:15 – Irlandiya — Kanada;  

18:45 – AQSH — Marokash, Braziliya — Paragvay.  

15 noyabr:

15:30 – Senegal — Uganda,  Janubiy Koreya — Angliya;  

16:00 – Italiya — Chexiya;  

16:30 – Yaponiya — Janubiy Afrika;  

17:45 – Germaniya — Burkina-Faso;  

18:15 – Venesuela — KXDR;

18:45 – Avstriya — Tunis,   Xorvatiya — O‘zbekiston  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA