Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islombek Ismoilov “Neftchi” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi
11:44 / 2025-12-02

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U17 terma jamoasining sobiq ustozi Islombek Ismoilov “Neftchi” jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

O‘zbekiston U17 terma jamoasi Osiyo chempioni bo‘lishida bosh murabbiylik qilgan, Jahon chempionati nimchorak finaliga olib chiqqan murabbiy Islombek Ismoilov Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan.

Yosh bo‘lishiga qaramay, milliy futbolimizda sezilarli natijalarga erishib, murabbiylik sohasida eng istiqbolli kadrlardan biri sifatida tanildi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA