Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islom va an’anaviy iqtisodiyotlar ijtimoiy himoya tizimlarining qiyosiy tahlili
16:38 / 2023-10-27

Ravshan Vaxidovich ABDULLAEV professor Iqtisod fanlari doktori O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Toshkent, O‘zbekiston ravshan.v.abdullaev@gmail.com

PDF shaklida yuklab olish

Annotatsiya

Ushbu maqola islom va an’anaviy iqtisodiyotlar ijtimoiy himoya tizimlarining ayrim jihatlarini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan.  Unda ijtimoiy himoya tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida muttasil tadrijiy rivojlanishda bo‘lishi hamda tobora mukammallashib borishi asoslangan. An’anaviy iqtisodiyotda ijtimoiy himoya tizimi bir qator yo‘nalishlarda tasniflangan. Islomda ijtimoiy himoyaning o‘ziga xos jihatlari yoritib berilgan. Shuningdek, tadqiq etilayotgan mavzuga dalil sifatida islomda ijtimoiy himoyaga oid Qur’oni karim oyatlari va hadislari keltirilgan.

Tayanch so‘zlar: ijtimoiy adolat, ijtimoiy himoya, an’anaviy ijtimoiy himoya, “Ijtimoiy himoya Akti”, zakot, ushr, xums, jizya, xiroj, sadaqa, sadaqai joriya, baytul-mol.