Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islom taraqqiyot banki O'zbekiston qishloqlarini rivojlantirish uchun 200 million AQSH dollari ajratdi
11:47 / 2023-03-17

Islom taraqqiyot banki «Qishloqni barqaror rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish uchun 200 million dollar ajratdi. Uning asosiy maqsadi mahalliy aholining faol ishtiroki orqali qishloq hududlarini rivojlantirishdan iborat.

bugungi kunga qadar loyiha doirasida 113 ta  reja ishlab chiqildi. Ulardan 31 tasi Qoraqalpog‘istonning beshta tumanidagi 160 ta ijtimoiy infratuzilma ob’ektini yaxshilashga qaratilgan.  

Loyiha doirasida jami 170 ta mahallaning 710 mingga yaqin aholisi turmush darajasini oshirish rejalashtirilgan.  

Bunda yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, elektr ta’minoti tizimi yaxshilanadi. Qishloq aholisi ishtirokida bolalar bog‘chalari, umumta’lim maktablari, qishloq vrachlik punktlari kabi ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilishda resurs tejovchi va ekologik toza texnologiyalar qo‘llaniladi.  

 

O‘zA