English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islom taraqqiyot banki oqova suv muammolarini bartaraf etishga ko‘maklashmoqda
16:08 / 2021-07-27

Sirdaryo viloyatining markazi Guliston shahri hududidagi oqova suvlarni tozalash inshootida qariyb ikki oydan buyon qayta rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.

– Loyiha qiymati 7 million 200 ming AQSH dollarini tashkil etgan ushbu inshoot turkiyalik hamkorlar loyihasi asosida, Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan mablag‘ evaziga bajarilmoqda, – deydi “Sirdaryo Suv Ta’minoti” MCHJ investitsiya bo‘limi boshlig‘i Mahmudjon Yarov. – Inshootning mustahkamligi uning poydevoriga bog‘liq. Ayni vaqtda poydevordagi armatura joylashtirish ishlari bajarilmoqda. Bu ishlar pudratchi tashkilot – “Kogon neftgaz energo” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Ushbu yirik ob’ektda ayni paytda yuz nafar ishchi mehnat qilmoqda. Qurilish ishlarida Shveysariyadan olib kelingan 11 ta yirik texnika vositasi to‘la quvvat bilan ishlamoqda.

Islom taraqqiyot bankining kredit mablag‘lari hisobidan viloyatning Guliston, Yangiyer va Shirin shaharlarining kanalizatsiya tizimlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ushbu shaharlarning oqova suv muammolarini bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Sh.Suyarov, F.Toshmatov (surat), O‘zA