Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlik
16:26 / 2025-02-13

Islom taraqqiyot banki mintaqaviy vakolatxonasi operatsion guruhi rahbari Vaxyu Vijayanto boshchiligidagi delegatsiya Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda Islom taraqqiyot banki bilan sheriklik jadal rivojlanib borayotganini ta’kidlandi. Bankning O‘zbekistondagi keng ko‘lamli islohotlar dasturini amalga oshirishdagi strategik roli alohida qayd etdi. 

O‘tgan yilda Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida 73,7 million AQSH dollari qiymatidagi Buxoro, Kogon, Vobkent, Shofirkon va G‘ijduvon tumanlaridagi 41 ta mahalla tanlab olindi. Ulardagi qator ijtimoiy soha ob’ektlari, mahalla markazlari binolari qurilishi, rekonstruksiya qilinishi belgilangan edi.

– Ислом taraqqiyot bankiga O‘zbekiston hukumati tomonidan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishda strategik hamkor bo‘lish ishonib topshirilganini yuksak qadrlaymiz va biz O‘zbekiston hukumati va BMTTD bilan ushbu hamkorlikni muvaffaqiyatli davom ettirishga umid qilamiz, – deydi Islom taraqqiyot banki mintaqaviy vakolatxonasi operatsion guruhi rahbari Vaxyu Vijayanto.  

Muloqotda Islom taraqqiyot banki tomonidan uy-joy kommunal infratuzilmasini modernizatsiya qilish, qishloqlarni, sog‘liqni saqlash, ta’lim, suv xo‘jaligi, tadbirkorlik va boshqa sohalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan fikr almashildi. Bu borada bajariladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, loyihalarni amalga oshirish mexanizmlari va ijro muddatlari bo‘yicha kelishib olindi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri