English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islom sivilizatsiya markazi faoliyati sarhisob qilindi
14:47 / 2022-08-10

Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2022 yil birinchi yarim yilligida «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» Davlat dasturi ijrosi borasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Milliy matbuot markazi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda markaz rahbariyati va ilmiy xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

2022 yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati va kelgusidagi rejalari haqida Markaz direktori Shoazim Minovarov ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, «Uchinchi Renessans – Yangi O‘zbekiston» kitob-fotoalbomini to‘rt tilda (o‘zbek, rus, arab va ingliz)gi nashrini tayyorlash bo‘yicha ijodiy guruh shakllantirildi. Hozirda ijodiy guruh tomonidan fotoalbomning o‘zbek, rus, arab va ingliz tilidagi matni tayyorlangan.

«Sharq va G‘arb» nodir kitoblar kolleksiyasi fihristi o‘zbek, rus, ingliz, arab va fransuz tillariga tarjima qilindi va 4 ta jildda nashrdan chiqarildi.

Markaz kutubxonasi fondi jami 515 419 ta yozma manba, zamonaviy nashr va elektron nusxadagi manbalar bilan boyitildi. Jumladan, hozirda Markaz fondining yozma manbalaridan 465 ta qo‘lyozma, 623 ta toshbosma, 19 415 ta zamonaviy nashrlar hamda 494 916 ta elektron nusxadagi manbalarni tashkil etadi.

Respublika fondlarida saqlanayotgan 106 ming 525 ta yozma manba to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi yaratilib, ularning ilmiy tahlili asosida 50 ming 795 ta manbalarning reyestri (pasporti) tayyorlandi.

Xalqaro hamkorlik doirasida, jumladan, Qatar milliy kutubxonasida saqlanayotgan 19 351 ta elektron manbalar, shundan 6,8 ming arxiv fayllari, 1,3 ming xaritalar, 591 ta fotosuratlar va 300 ga yaqin qo‘lyozmalarning elektron nusxalaridan foydalanishga imkoniyat olinib, ulardan shu kungacha 400 ta noyob qo‘lyozma manbalar va 300 ta arxiv hujjatlari markazning elektron nusxalar fondiga yuklab olingan.

Markaz qoshida «Allomalar merosi» o‘quv markazi tashkil etildi. O‘quv markazining jami 12 ta filiali faoliyat yuritmoqda. O‘quv markazida arab tili, xattotlik, Qur’oni karimni o‘rganish bo‘yicha darslar yo‘lga qo‘yilgan.

Buyuk mutafakkirlarimizning islom sivilizatsiyasi rivojida tutgan o‘rni va roli, ularning ilmiy-ma’naviy merosini targ‘ib etish maqsadida «Islom sivilizatsiyasi markazi: shonli tarixdan buyuk kelajak sari» turkum ko‘rsatuvlarining 9 ta soni efirga uzatildi. Shuningdek, ushbu ko‘rsatuvlar hududiy telekanallarda ham namoyish etildi.

«Ajdodlar merosi — ibrat va tarbiya manbai» shiori ostida Toshkent shahridagi mahallalarda 13 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Xattotlik san’ati bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi. Shuningdek, nashriyot va bosmaxonalar o‘rtasida turli nominatsiyalar bo‘yicha tanlovlar o‘tkazilib, g‘oliblarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tashkil etilgan barcha tadbirlar OAV tomonidan muntazam yoritib borildi.

Hozirgi kunda Markazda 68 nafar xodim faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ilmiy yo‘nalishdagi bo‘limlarda jami 31 nafar ilmiy xodim faoliyat yuritadi. Shulardan 4 nafari fan doktori, 4 nafar falsafa doktori (PhD), 23 nafari ilmiy izlanuvchi tadqiqotchilar, doktorantlar va magistrlar.

D. Mamatova, O‘zA