Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islohotlarni ilmga tayanib amalga oshiramiz
10:32 / 2022-12-25

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi – mamlakatimiz siyosiy hayotidagi eng muhim voqea. 2017 yildan buyon an’anaga aylangan bu tadbirda tugayotgan yildagi asosiy ko‘rsatkichlar, yangi yilga mo‘ljallangan maqsad va vazifalar e’lon qilinadi.

Bu yil e’lon qilingan Murojaatnomada ham Davlatimiz rahbari 2023 yilga mo‘ljallangan olti ustuvor yo‘nalish ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.  

Yurtimizda 2023 yilga «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb nom berilishi ham O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlash, xalqimiz farovonligini yaxshilash, insonlarga qaratilayotgan e’tiborni yangi bosqichga olib chiqish ustuvor vazifa etib belgilanganligidan dalolatdir.

Xususan, 2023 yildan maktab ta’limi xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh qilinadi. Bu ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, yangi darsliklarni ishlab chiqish, ma’naviyatimiz asosi bo‘lgan ona tilimizga e’tibor yanada kuchaytiriladi. Maktablarda sifatli ta’lim tizimiga o‘tilishi esa maktab o‘qituvchilari va muallimlarining mas’uliyatini yanada oshiradi.

E’tiborlisi, kelgusi yili 70 ta yangi maktab qurilib, 460 ta maktab kengaytirilishi belgilandi. Xususiy investitsiyalar ishtirokida esa 100 ta maktab qurish loyihalari boshlanadi, kelgusi besh yilda ularning soni 1 mingtaga yetkaziladi.

Shuningdek, so‘nggi olti yilda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 27 foizdan 70 foizga yetishi natijasida bugungi kunda 2 millionga yaqin bola bog‘chaga bormoqda. Kelgusi besh yilda esa qamrovni 80 foizga yetkazish uchun 600 ming yangi bog‘chalar ochiladi.  

Shu bois bog‘chalar sonini ko‘paytirish, ulardagi ta’lim va tarbiya sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha besh yillik dastur qabul qilinadi. Bog‘cha qamrovini kengaytirish bo‘yicha xususiy sektorga qo‘shimcha sharoitlar yaratilishi belgilandi.

Murojaatnomada amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan barcha dastur va maqsadlar yurtimizning yanada rivojlanishiga, xalqimizning farovon yashashiga, yoshlarimizning bilimli va o‘z sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlariga xizmat qilishiga ishonaman.

 

Bahromjon Rahmonaliyev,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati