Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islohotlarimiz natijasi barcha viloyatlar qatorida Sirdaryodagi ulkan o‘zgarishlarda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda – Prezident
16:40 / 2025-12-04

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

– “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oya asosida amalga oshirayotgan islohotlarimiz natijasi barcha viloyatlar qatorida Sirdaryodagi ulkan o‘zgarishlarda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda.  

Ilgari asosan qishloq xo‘jaligiga bog‘lanib qolgan bu zaminda sanoat, servis, turizm yo‘qdan bor bo‘ldi, biznes muhiti yaxshilanib, ilg‘or tadbirkorlar sinfi shakllandi,– dedi davlatimiz rahbari.  

Sakkiz yilda Sirdaryoga 4 milliard dollar investitsiya kiritildi. Bu davrda 187 ta yirik quvvatlar ishga tushdi, 120 ming ish o‘rni yaratildi. 50 ga yaqin yangi mahsulot chiqarish yo‘lga qo‘yilib, sanoat 4 trilliondan 25 trillion so‘mga yetdi.  

Minglab savdo-servis ob’ektlari tashkil qilingani natijasida xizmatlar hajmi 1,5 trilliondan 12 trillion so‘mga oshdi.  

Oldin dotatsiyali bo‘lgan Guliston, Yangiyer shaharlari, Boyovut, Mirzaobod, Sayxunobod, Sirdaryo va Xovos tumanlari xarajatini o‘zi qoplashga o‘tdi.  

O‘zA