French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islohotlar samarasi: Strategik dasturlar — taraqqiyot asosi (+video)
10:14 / 2025-08-26

Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!

Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi keng shodiyona qilinayotgan ayni kunlarda bosib o‘tgan yo‘limizga nazar tashlar ekanmiz, har bir jabhada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgani, yuksak natijalar qo‘lga kiritilganiga guvoh bo‘lamiz.  

Bugun O‘zbekiston dunyo sahnida o‘z o‘rni va nufuziga ega bo‘lib bormoqda, qo‘shnilar bilan yaqin va do‘stona munosabatlar keng yo‘lga qo‘yildi. Xalqaro tashkilotlar va nufuzli tuzilmalar bilan manfaatli hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda. Mamlakatimizning turli yo‘nalishlarda xalqaro reytinglardagi o‘rni ijobiy tomonga yuqorilab bormoqda.  

Erishilayotgan barcha samarali natijalarning asosi sifatida Bosh qomusimiz, mustahkam qonunchilik bazasi hamda strategik dasturlarni aytishimiz mumkin.  

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Ekofraksiya a’zosi Navro‘z Yusupov istiqlol manzaralari, amalga oshirilayotgan islohotlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon qildi:  

— Mustaqillik milliy davlatchiligimiz asoslarini yaratishga asos bo‘ldi. Bugungi kundagi rivojlanishimizga asos bo‘lib xizmat qilayotgan Konstitutsiyamiz qabul qilindi, milliy qonunchiligimiz mustahkamlandi.  

So‘nggi yillarda uzoq yillik strategiyalar qabul qilingani yangi O‘zbekistonni barpo etishga zamin bo‘lmoqda. Jumladan, “Harakatlar strategiyasi”, “Taraqqiyot strategiyasi” hamda “O‘zbekiston — 2030” strategiyalari qabul qilingani mamlakatning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jihatdan yuksalishiga xizmat qilmoqda. Ushbu strategiyalarning hayotga tatbiq etilishi natijasida xalqimizning farovon hayoti ta’minlanmoqda. Bugun xalqimiz mustaqillik eng oliy ne’mat va oliy qadriyat ekanini yurakdan his qilmoqda.  

Batafsil quyidagi videohavolada.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/LwANFVlNCQY?si=ss1a7tWH0vXB3z__" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova,  

Doniyor Yakubov,  

Anvar Ahmedov (video),  

O‘zA