Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islohotlar samarasi – Jizzax shahri jamolida namoyon bo‘lmoqda
19:18 / 2023-07-09

Jizzax shahri hokimi Komil Xolmurodov 42-saylov uchastkasida oila a’zolari bilan o‘zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi.

Bugungi siyosiy jarayon va amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi borasida Jizzax shahar hokimining fikr-mulohazalari bilan qiziqdik.

– Bugun barcha yurtdoshlarimiz qatori men ham oila a’zolarim bilan saylov uchastkasiga kelib, o‘zim munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdim, – deydi Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov. – Keyingi 6 yil davomida har bir sohada amalga oshirilayotgan islohotlar sifat jihatidan o‘zining yorqin samaralarini berayotganiga guvohmiz.  

Joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida Investitsiya dasturi doirasida hamda mahalliy sanoatni rivojlantirish hisobiga Jizzax shahrida umumiy qiymati 186 milliard 300 million so‘mlik bo‘lgan 31 loyiha amalga oshirildi. Natijada 691 yangi ish o‘rni yaratilib, 690 nafar vaqtincha ishsiz fuqarolar ishli bo‘ldi.

Shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga 1 ming 384 nafar yosh yigit-qizlar murojaat etgan bo‘lib, ulardan 730 nafari ishga joylashtirildi. 458 nafar yoshlar kasb hunarga o‘qitildi. Ulardan 30 nafari vazirlik qoshidagi “Ishga marhamat!” monomarkazida, 26 nafari shahrimizdagi arxitektura va qurilish kasb-hunar maktabida, qolgan 12 nafari nodavlat ta’lim muassasalari orqali kasb-hunarga o‘qitildi. Shuningdek, 81 nafar yosh haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi. Qolgan 115 nafar yoshga huquqiy maslahatlar berildi.

Ishsiz xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta’minlash, o‘zini-o‘zi band qilishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish, subsidiya mablag‘lari ajratish, tomorqalaridan unumli foydalanishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali hozirgi kunga qadar 612 nafar  xotin-qizning bandligi ta’minlandi.  

Shuningdek, ayollarga o‘z tadbirkorliklarini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit mablag‘lari ajratish va  tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish maqsadida shu kunga qadar 174 nafariga 2 milliard 214 million 400 ming so‘m kredit ajratildi.

“Yoshlar daftari”ga jami 1 ming 347 nafar yosh kiritilgan bo‘lib, ularning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun kredit olish istagini bildirgan 99 nafar yoshga “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi doirasida 3 milliard 800 million so‘m, shundan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 6 nafar yoshga 429 million  so‘m imtiyozli kredit ajratildi.

Shahrimizdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini joriy ta’mirlash, qurilish, rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish uchun 15 milliard 200 million so‘mlik ishlar olib borilmoqda. Investitsiya dasturiga asosan Jizzax shahrida 2 sog‘liqni saqlash ob’ektida qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlarning barchasi izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlarning yorqin samarasidir. Ularning natijasi  Jizzax shahrining jamolida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

A.QAYUMOV, J.YORBEKOV (surat), O‘zA