Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islohotlar samarasi: Erkin tadbirkorlik muhiti — iqtisodiy barqarorlikka zamin (+video)
18:55 / 2025-08-26

Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!

Ayni kunlarda Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda. Bosib o‘tgan mustaqil taraqqiyot yo‘limizni sarhisob qilsak, har bir soha va yo‘nalishda tub islohotlar amalga oshirilgani va misli ko‘rilmagan natijalar qo‘lga kiritilganiga amin bo‘lamiz. 

Birgina mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlash, iqtisodiy o‘sishni, yalpi ichki mahsulot hajmini oshirishni barqaror ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratildi. Bu borada erkin va raqobatbardosh tadbirkorlik muhitini ta’minlash, tadbirkorlar uchun har tomonlama qulay sharoit yaratishga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida qaraldi. Tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va to‘siqlarni kamaytirishga jiddiy e’tibor qaratildi.

Har yili 20 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti tashkil etilib, ularning tashabbuslari, muammolari va takliflari tinglanmoqda, ularga yanada keng qulayliklar, imkoniyatlar taqdim etilmoqda. Zero, mamlakatning iqtisodiy salohiyati va barqaror rivojlanishi ayni tadbirkorlik faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. 

Bu borada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Otabek Musulmonov o‘z fikr-mulohazalari va munosabatini bildirdi.

Deputat qayd etganidek, mustaqillik yillarida tadbirkorlik sohasida bozor iqtisodiyoti modeliga o‘tilgani o‘z samarasini bermoqda. Birgina 2024 yilda mamlakatimiz iqtisodiyotiga qariyb 35 milliard dollarlik investitsiya kirib keldi. Bu katta natija. Shuningdek, 27 milliard dollarlik eksport hajmiga erishildi. Yalpi ichki mahsulot hajmi esa 115 milliard dollarga yetib, tarixiy natija qayd etildi. Tadbirkorlar soni, daromadlar hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Mamlakat o‘z oldiga qo‘ygan strategik ahamiyatga ega aqlli maqsadlar natijasida ana shunday yuksak samaralarga erishilmoqda. 

Batafsil: quyidagi videohavolada. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/yt8-wX3EYjg" title="Islohotlar samarasi: Erkin tadbirkorlik muhiti — iqtisodiy barqarorlikka zamin" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova, Doniyor Yakubov, Anvar Ahmedov (video), O‘zA