Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islohotlar o‘z mevasini berishda davom etadi
17:24 / 2022-12-06

Ma’lumki, mamlakatimizda taraqqiyot sari tub islohotlar olib borilmoqda. Natijada mehnatkash va tanti xalqimiz uchun yangidan-yangi imkoniyatlar yaratilib, jamiyat hayotida sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda.

Albatta, bu ezgu yo‘lda davlatimiz rahbariga hamnafas va yelkadosh bo‘lib, islohotlarni har bir viloyat, tuman darajasida jonlantirish, bu – hudud rahbarlarining asosiy vazifalaridan biridir. Shu ma’noda Jizzax viloyati Forish tumanida hudud aholisining yashash darajasini yaxshilash, ishsizlikni kamaytirish, yoshlar ishlari va kichik biznesni rivojlantirish masalasida salmoqli ishlar olib bormoqda.

Tumanda eng avvalo hudud aholisini qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish, taklif va shikoyatlarini tinglash, joyida yoki tizimli hal qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, e’tiborga muhtoj oilalar hamda yoshlarni ish bilan, turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha muammolarni hal etish muhim masalalar sifatida belgilangan. Yetim va boquvchisini yo‘qotgan bolalarning ikki nafarini turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi. Chunki, bu jamiyatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarga davlatimiz tomonidan qaratilayotgan e’tiborning yorqin namunasidir.

Masalan, Forish tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash to‘g‘risida 2022 yil 11 noyabrdagi tegishli qarori qabul qilingan bo‘lib, ushbu qaror ijrosini ta’minlash doirasida A.Temur mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 21 km. toza ichimlik suvi quvurlari tortish va ikkita suv inshooti qurish ko‘zda tutilgan. Olib boriladigan ishlar natijasida mahallaning bir necha minglik aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Darhaqiqat, Forish tumanida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda va bu islohotlar o‘z mevasini berishda davom etadi.

Aziz INATOV